Ruslan Sharipov

Bastakor, Qo`shiqchi
Ruslan Sharipov
Tavallud sanasi:
1966-yil 10-sentabr.
Vafot sanasi:
28.07.2020

Tug`ilgan joyi: Samarqand shahri.

Burji: sunbula.

Muchali: ot.

Ma`lumoti: o`rta maxsus (Toshkent shahridagi Hamza nomli musiqa bilim yurti, fortepiano sinfida o`qigan).

Kasbi: xonanda va bastakor.

Musiqa bilan 7 yoshidan shug`ullana boshlagan.

Sahnaga chiqa boshlagan davri: 16 yosh.

Yaxshi ko`rgan taomi: palov.

Qo`rqadi: shayton vasvasasiga duchor bo`lishdan.

Shiori: “Odamlarga qo`ldan kelgancha yaxshilik qilishga shay turish. Xushfe`l, xushmuomala bo`lib, hech kimga hasad ko`zi bilan qaramasdan yashashga intilish. Umr davomida optimist va realist bo`lib qolish”.

Unvoni: O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist.

Mukofoti: “Shuhrat” medali sohibi.

Fe`l-atvori: jiddiy, odamoviroq bo`lish bilan birga, xushchaqchaq, kayfiyati o`zgaruvchan. Ko`nglida nima gapi bo`lsa, yuzaga chiqaradigan inson.

Kamchiligi: ba`zi paytlarda “men”i tutib, oldi-orqasiga qaramay qoladi.

Uning uchun ayollar - shoirlarga ilhom bag`ishlovchi dunyodagi eng ajoyib zot. Qo`shiqlarining 90 foizini yaratishga ular sababchi bo`lishgan.

Ilk ishlay boshlagan guruhi: “Sado”.

O`zi tuzgan birinchi guruhi: “Bayt” rok guruhi. Guruh a`zolari quyidagilar edi: solo-gitarachi - Sanjar Kattabekov, bas-gitarachi - Farhod Hojiev, klavishli asbobda Murod Qurbonboev, zarbli asbobda Rustam Zohidov, xonanda va badiiy rahbar Ruslan Sharipov. Ovoz rejissyori I.Xorson.

Eng katta xatosi: 1989- yilda qo`shiq kuylashni tashlab, yangi-yangi guruhlar tashkil etib, o`zini butunlay bastakorlik faoliyatiga bag`ishlagani.

U tuzgan guruhlar: “Bayt” (1986-yil), “Bolalar” (1990-yil), “Eski shahar” (1991-yil).

Bolaligidan yoqtirgan san`atkori: Kris Norman.

Yoqtirgan o`zbek san`atkorlari: Samandar, DJ- Piligrimm, “Dado” va “Nola” guruhlari.

Ishtirokidagi film: “Tohir va Zuhra” filmida “Sevgilim” duet-qo`shig`ini ijro etgan.

Ilk yakkaxon konserti: 2002-yilda Toshkent shahridagi “Xalqlar do`stligi” saroyida “Hayot davom etar” nomi bilan tashkil etilgan.

Musiqiy albomlari: “As- as”, “Go`zal yor”, “Do`st”, “Layli va Majnun”.

U rahbarlik qilgan “Bayt” guruhi ijodiga bag`ishlab olingan film-konsert nomi: “Lahza”.

Orttirgan kasalligi: revmatizm (musofirchilikda zax yerlarda tunashga majbur bo`lgan). 31. Yoqtirgan sport turlari: suzish va futbol.

Sevimli telekanallari: MTV va MuzTV.

Kuylagan duetlari: Yulduz Usmonova bilan - “Kabriolet”; Yulduz Usmonova bilan - “Tegaman”; Yulduz Usmonova bilan - “Hasrat”; Yulduz Usmonova bilan - “Sevgilim”; Yulduz Usmonova bilan - “Seni osmonimga olib ketaman”; Yulduz Usmonova bilan - “Yangi yil”; Izzat Ibragimov bilan - “Ota”.

Ijodi: “Bayt” guruhi (1986-1989- yillar): “Olov”, “Assalomu alaykum”, “Kichkinajon- kichkina”, “Yoqasan”, “Go`zalim”, “Senga deyman”, “Nega boqmaysan?”, “Xorazm go`zali”, “Rahming kelsin”, “Barno”, “Bedoringman”, “Men seni sog`insam”. “Bolalar” guruhining 1990-2000-yilgacha yaratilgan o`nta albomidagi qo`shiqlarga musiqiy sayqal bergan. “Xayolim senda” naqarotiga musiqa bastalagan. “Shahzod” guruhi (16 ga yaqin qo`shiqqa musiqa bastalagan): “Ey, aziz yurtim”, “Yor-yor”, “Nargiza”, “Navro`zingiz muborak bo`lsin”, “Muhabbat bor dunyoda”, “Yo`q-yo`q”, “Mening o`g`lim”, “Dard”. “Setora” (10 ga yaqin qo`shiqqa musiqa bastalagan): “Yonma”, “Ohim”, “Vafodorim”, “Sog`inaman”, “Sen bo`lmasang”, “Qarama, jon, qarama”. “Yalla”: “Aziya”, “Bugun bayram”, “Karavan”. “Xo`ja” (2 ta albomidagi qo`shiqlariga musiqa bastalagan): “O`ynamaysiz”, “Kimsiz”, “Yoqasan”, “Muhabbatim”. “Bayram”: “Jamalak soch”, “Dilbarim” (remiks). Otabek Madrahimov: “Yondim man”. Bonu: “Endi sen kelma”. Kumush Razzoqova: “Azizim, sevgilim”. Avaz Olimov: “Uzugim ko`zi”, “Go`zalsan”, “Yondi, yondi”. Laylo: (10 ta qo`shig`iga musiqa bastalagan): “Jonginam”, “Sevinchlarim bugun osmon”. Ilhom Farmonov: “O`ynang, kuling”. Lina: “Bilaguzugim”.

Hozirgi kunga qadar: o`zi uchun 20 dan ziyod, boshqa san`atkorlar uchun 200 tacha qo`shiq yaratgan.

Manbaa: http://muloqot.uz/blogs/67812/30821/ruslan-sharipov-haqida
Sayt foyda berdi!
87556 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi